YeI davlatlari Qozog‘istondan oladigan ko‘mir hajmi oshdi
Yevropa Ittifoqi davlatlari Qozog‘istondan ko‘mir sotib olish hajmini ikki barobar oshirdi, deb yozdi “Kommersant” gazetasi “Eurostsat” ma’lumotiga tayanib.
Ta’minot oshishi YeIga Rossiyadan kirib keladigan ko‘mirga qo‘yilgan embargo natijasida sodir bo‘ldi.
Gazeta xabariga ko‘ra, Qozog‘iston 2022 yil yanvar-may oylarida YeIga 1,5 million tonna ko‘mir yetkazib bergan. Bu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko‘p.
“Bir yil avval aprel va may oylarida Qozog‘iston ko‘mirining Yevropaga eksporti atigi 60-70 ming tonnani tashkil etgan edi”, deb yozgan taqqoslash uchun rus nashri.