Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI bilan Yaponiya o‘rtasida raqamli sheriklik ishga tushirilgani e’lon qilindi
15:26 / 2022-05-12

Tokioda Yaponiya bilan Yevroittifoqning 28- sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Kunchiqar mamlakatining bosh vaziri Fumio Kisida, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen hamda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ishtirok etdi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen sammit yakunida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yaponiya-YeI raqamli sohada sheriklikni boshlaganini e’lon qildi. Bu Yevroittifoq uchun ushbu yo‘nalishda birinchi sheriklik hisoblanadi.

Yevrokomissiya rahbarining ta’kidlashicha, "tomonlar qator muhim qadamlarni tashlagan".

"Birinchidan, biz bugun YeI-Yaponiya o‘rtasida raqamli sohada sheriklikni ishga tushiramiz. Bu birinchi shunday sheriklikdir, hali hech bir davlat bilan bunday kelishuvga erishmaganmiz", — dedi Ursula fon der Lyayen.