YeI AQSHga qarshi javob tariflarini joriy qilishi mumkin
Agar Grenlandiya atrofidagi vaziyat hal qilinmasa, Yevropa Ittifoqi fevral oyining boshida Qo‘shma Shtatlarga qarshi javob tariflarini joriy qilishi mumkin, deb xabar tarqatdi “Financial Times” gazetasi.
Shanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp bir nechta Yevropa mamlakatlariga 10 foiz tarif joriy etilishini e’lon qildi, keyinchalik bu tarif 25 foizgacha ko‘tariladi va AQSH Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha bitim tuzmaguncha amal qiladi.
– Javob tariflariga kelsak, biz ularni juda tez amalga oshirishimiz mumkin, -dedi Yevropa iqtisodiyoti bo‘yicha komissar Valdis Dombrovskis.
Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa rahbarlari bu hafta Vashingtonga javobni muhokama qilish uchun uchrashishini ma’lum qildi.
S.Rahimov, O‘zA