Fransiya boshchiligidagi YeI davlatlari guruhi AQSHga qarshi «Majburlashga qarshi kurash vositasi»dan foydalanishni qo‘llab-quvvatladi. Bu vosita hozirgacha amaliyotda qo‘llanmagan, deb xabar berdi Euronews.
Vashingtonning Grenlandiyaga nisbatan tobora tajovuzkor bayonotlari YeI poytaxtlarini 2023 yil oxirida kuchga kirgan yangi mexanizmni sinab ko‘rishga majbur qilmoqda. U Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy bosimga javob qaytarish imkonini beradi.
AQSH prezidenti Donald Tramp, Yevropaning yetakchi davlatlari uning Grenlandiyani nazoratga olish istagiga rozi bo‘lmaganidan hayratda qolib, 1 fevraldan YeI ning 8 ta davlatidan keladigan tovarlarga qo‘shimcha 10 foizlik boj joriy etishini, iyun oyidan esa uni 25 foizgacha oshirishini ma’lum qildi.
Bunga javoban, Germaniya va Fransiya moliya vazirlari AQSH tomonidan iqtisodiy bosimga yo‘l qo‘ymasliklarini bildirishdi. Ular “Majburlashga qarshi kurash vositasi”dan foydalanmoqchi. Masalan, bu vosita ishga tushsa YeIning bir poytaxti bilan mojaro qilgan uchinchi davlat butun ittifoq bozorining qarshiligiga duch keladi. Bu YeIning qoidasi bo‘lib, u boshqa davlatlar tomonidan qilingan iqtisodiy bosim yoki qo‘rqitishga javob qaytarishi kerak.
Sodda qilib aytganda, AQSHga o‘xshagan davlat bosim o‘tkazmoqchi bo‘lsa, unga qarshi chora ko‘radi. Avvalo, muloqot qilib muammoni hal qilishga urinadi. Agar, foyda bermasa, qarshi iqtisodiy choralar qo‘llaydi. Masalan, AQSH Grenlandiya masalasida o‘z talablaridan voz kechmasa, YeI AQSHni tariflar, savdo, xizmatlar va moliya orqali “Yevropa bozoridan siqib chiqarish” bilan bosimni to‘xtatishga majbur qilishi mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AyQ15k6QxYQ" title="YEI AQSH bosimiga toqat qilmasligini bildirdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA