Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI Albaniya va Shimoliy Makedoniya bilan ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokara boshladi
18:30 / 2022-07-19

Yevropa Ittifoqi Albaniya va Shimoliy Makedoniya bilan ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi, – deya xabar beradi “TASS”. 

– Albaniya va Shimoliy Makedoniya xalqi bunga loyiq va bir kun kelib biz Albaniya hamda Shimoliy Makedoniyani YeIning to‘laqonli a’zosi sifatida kutib olamiz, – dedi Yevrokomissiya vakili. 

Qayd etilishicha, muzokaralar bugun Belgiya poytaxtida Yevropa Ittifoqi hamda Albaniya va Shimoliy Makedoniya vakolatxonalari ishtirokidagi konferensiyada bo‘lib o‘tgan. 

Muzokaralar o‘nlab yo‘nalishlar bo‘yicha olib borildi. Shuningdek, ularning har biri bo‘yicha mamlakatlar o‘z qonunchiligini Yevropa Ittifoqi standartlariga moslashtirishi kerak bo‘ladi. Bu jarayon yakunlangandan keyingina mamlakatlar Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi mumkin. 

Aniqlik kiritilishicha, muzokaralar jarayonini yakunlash uchun muddat belgilanmagan.

Darvoqe, Albaniya 2005 yildan, Shimoliy Makedoniya esa 2014 yildan Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod hisoblanadi. 

Ulug‘bek Mahmirzayev