Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI 15 davlatga mudofaa xarajatini oshirishga ruxsat beradi
12:11 / 2025-07-09

Yevropa Ittifoqi moliya vazirlari 15 davlatga byudjet qoidasidan chetga chiqib, mudofaa xarajatini mahalliy yalpi ichki mahsulotning 3 foizidan 4,5 foizigacha oshirish uchun ruxsat berdi, deb xabar tarqatdi Latviyaning “LETA” agentligi.

- Yevropa Ittifoqi moliya vazirlari Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Gretsiya, Xorvatiya, Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Finlyandiya va Vengriyaga byudjet intizomi qoidasidan chetga chiqishga ruxsat beruvchi qaror qabul qildi.

Qayd etilishicha, Germaniya ham shunday ruxsat so‘ragan, biroq ololmagan. Yevropa komissiyasiga uzoq muddatli byudjet rejasini taqdim etgandan keyingina "ushbu davlat arizasi baholanadi".  

24-25 iyun kunlari NATOning Gaagada bo‘lib o‘tgan sammitida a’zo davlatlar 2035 yilga kelib mudofaa byudjetini YAIMning hozirgi 2  foiz darajasidan 5 foizgacha oshirish bo‘yicha shartli majburiyat olgan.

S.Rahimov, O‘zA