Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga o‘tish o‘yinlari doirasida to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, pley-off bosqichining ilk o‘yinida "Galatasaroy" o‘z maydonida "Yuventus" klubini 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. "Monako" o‘z uyida “PSJ” jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, "Borussiya Dortmund" va "Atalanta" bahsi 2:0 hisobida yakunlandi.

Ispaniyaning "Real Madrid" klubi Portugaliyada "Benfika" bilan to‘qnash keldi va 1:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdagi yagona golga 50-daqiqada Vinisius mualliflik qildi. Darvoqe, ushbu goldan so‘ng, ikki klub a’zolari o‘rtasida janjal boshlandi va bu 8 daqiqa davom etdi.
Mazkur jamoalarning javob o‘yinlari 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

"Qorabog‘" – "Nyukasl" o‘rtasidagi uchrashuv bugun 22:45 da start oladi. "Bryugge" – "Atletiko", "Budyo-Glimt" – "Inter" va "Olimpiakos" – "Bayer" jamoalari to‘qnashuvi tungi soat 01:00 da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA