Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeCHL: “PSJ” Lissabonda, “Monako” Madridda yengildi
10:03 / 2026-01-21

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasining 7-turi doirasida bir qator qiziqarli uchrashuvlar o‘tkazildi.

Jumladan, Yevropa chempionlar ligasining ushbu turida Norvegiyaga safar qilgan "Manchester Siti" kutilmaganda "Budyo-Glimt" tomonidan 1:3 hisobida mag‘lub etildi. Uchrashuvning 22 va 24- daqiqalarida mezbonlar vakili Kasper Xog dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, 58-daqiqada Hauge oradagi farqni uchtaga yetkazdi. Ushbu goldan 2 daqiqa o‘tib, Rayan Sherki hisobni bittaga qisqartirdi.  

Darvoqe, uchrashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi va uning harakatlari “Sofascore” nashri tomonidan 6,2 ballga baholandi.

Milan shahrida o‘tgan “Inter” hamda “Arsenal” to‘qnashuvida ham muxlislar jami to‘rtta gol ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Gap shundaki, Arteta shogirdlari “Inter” maydoniga safar qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va ochkolarini 21 taga yetkazib, musobaqa jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.  

Madridning “Real” klubi “Monako” jamoasiga qarshi o‘tgan o‘yinda yirik g‘alabaga erishdi. Jumladan, “Qirollik klubi” uchrashuvda yirik 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Arbeloa shogirdlari ushbu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 15 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Lissabonning "Sporting" jamoasi o‘z maydonida musobaqaning amaldagi g‘olibi “PSJ”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, mazkur turda "Vilyarreal" – "Ayaks" 1:2, "Kopengagen" – "Napoli" 1:1, "Olimpiakos" – "Bayer" 2:0 va "Tottenhem" – "Borussiya Dortmund" 2:0 hisobi qayd etildi.  

Bugun 7-tur doirasida quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi:

22:45 - "Qorabog‘" – "Frankfurt A";

22:45 - "Galatasaroy" – "Atletiko Madrid";

01:00 - "Slaviya Praga" – "Barselona";

01:00 - "Marsel" – "Liverpul";

01:00 - "Nyukasl" – "PSV";

01:00 - "Yuventus" – "Benfika";

01:00 - "Bavariya" – "Yunion";

01:00 - "Chelsi" – "Pafos";

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA