Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida javob uchrashuvlari o‘tkazildi.
Jumladan, "Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Bryugge" jamoasini qabul qildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Diyego Simeone shogirdlari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 7:4 hisobidagi g‘alaba bilan nimchorak finalga yo‘l oldi.
"Inter" Milan shahrida o‘tgan o‘yinda "Budyo-Glimt" bilan kuch sinashib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada "Budyo-Glimt" umumiy 5:2 hisobidagi muvaffaqiyatga erishgan holda keyingi bosqichga chiqdi.

Angliyaning "Nyukasl" klubi o‘tgan hafta safarda "Qorabog‘"ni 6:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, bugun tunda 3:2 hisobida zafar quchdi va YeCHL 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Bayer" Chempionlar ligasi pley-off javob uchrashuvida "Olimpiakos" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Ilk bahsda germaniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongani sababli, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ustunlikni saqlab qoldi.
Bugun "Atalanta" – "Borussiya Dortmund", "Yuventus" – "Galatasaroy", "PSJ" – "Monako" va "Real Madrid" – "Benfika" jamoalari o‘rtasida pley-off bosqichining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA