Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeCHL: Pley-off bahslari boshlanmoqda
10:06 / 2026-02-17

Bugun va ertaga Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining 1/8 final bosqichiga o‘tish o‘yinlari o‘tkaziladi.

Pley-off bosqichini "Galatasaroy" – "Yuventus" o‘rtasidagi o‘yin boshlab beradi. Mazkur to‘qnashuv mamlakatimiz vaqti bilan bugun soat 22:45 da start oladi. Tungi soat 01:00 da "Monako" – "PSJ", "Borussiya D" – "Atalanta", "Benfika" – "Real Madrid" klublari o‘rtasidagi uchrashuvlar start oladi.

Shuningdek, ertaga soat 22:45 da "Qorabog‘" – "Nyukasl" o‘yiniga guvoh bo‘lsak, "Bryugge" – "Atletiko", "Budyo-Glimt" – "Inter" va "Olimpiakos" – "Bayer" jamoalari to‘qnashuvi tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Ushbu jamoalarning o‘zaro javob o‘yinlari 24–25-fevral kunlari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning 1/8 finaliga «Arsenal», «Bavariya», «Liverpul», «Tottenhem», «Barselona», «Chelsi», «Sporting» hamda «Manchester Siti» jamoalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgan edi. Yuqoridagi pley-off ishtirokchilari orasidan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib bo‘lgan jamoalar ushbu klublarga qarshi chorak final ostonasida to‘qnash keladi.

Darvoqe, Yevropa chempionlar ligasi finali 2026-yil 30-may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi «Pushkash Arena» stadionida o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA