English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeCHL “Liverpul” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
07:42 / 2025-09-18

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi umumiy bosqichning birinchi tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha mazkur tur doirasida "Olimpiakos" — "Pafos" va "Slaviya" — "Budyo-Glimt" jamoalar o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur bahslar bir xil 1:1 hisobida yakunlandi va klublar bir ochkodan bo‘lishib oldi.  

Tunda esa quyidagi yana to‘rtta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

“PSJ” — "Atalanta"  – 4:0.

Parij shahrida o‘tgan mazkur o‘yinda mezbonlar tarkibida Markinos, Xvicha Kvaratsxeliya, Nuno Mendes, Gonsalu Matias Ramos gol urib o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘ydi.

"Ayaks" — "Inter" – 0:2.

Italiyaning "Inter" klubi Niderlandiyaning "Ayaks" klubi bilan safarda kuch sinashdi. Uchrashuvdagi ikki golga Markus Tyuram  mualliflik qildi.

"Liverpul" — "Atletiko" – 3:2.

Chempionlar ligasining markaziy uchrashuvida birinchi bo‘limning 4 va 6-daqiqalarida Robertson va Salohning gollari evaziga mersisaydliklar hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq, bo‘lim yakunlayotganda Lorente hisobni qisqartirdi. Ikkinchi bo‘limning 81-daqiqasida esa Markos o‘zining kuchli zarbasi bilan Alisson darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi.  

O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida Virjil van Deyk burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va “Liverpul”ning g‘alabasini ta’minladi.  

"Bavariya" — "Chelsi" – 3:1.

Mazkur o‘yinning 20-daqiqasida Chalobax o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, avtogol muallifi bo‘ldi. Shundan so‘ng, 27-daqiqada Xarri Keyn 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni 2:0 ko‘rinishiga oli keldi. Oradan 2 daqiqa o‘tib esa Koul Palmer oradagi farqni qisqartirdi. Biroq, ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida angliyalik X.Keyn ikkinchi golini nishonladi.  

Bugun,18 sentyabr kuni “Bryugge” va “Monako”, “Kopengagen” hamda “Bayer Leverkuzen” bahsi mamlakatimiz vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.

19 sentyabr kuniga o‘tar kechasi, soat 00:00 da “Manchester Siti” — “Napoli”, “Sporting” — “Qayrat”, “Nyukasl” – “Barselona”,  “Ayntraxt” — “Galatasaray” uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA