Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeCHL: “Inter” safarda, “Qorabog‘” o‘z uyida yengildi
09:00 / 2026-02-19

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga o‘tish o‘yinlarining ilk uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi.

Jumladan, pley-off bosqichi doirasida "Olimpiakos" o‘z maydonida "Bayer"ni qabul qildi. Uchrashuvda “Bayer” klubi a’zosi Patrik Shik ikki golga mualliflik qilib, jamoasi uchun muhim bo‘lgan g‘alabani keltirdi. "Bryugge" esa "Atletiko" bilan o‘z uyida 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Shuningdek, "Nyukasl" jamoasi safarda "Qorabog‘" ustidan 6:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, "Budyo Glimt" 3:1 hisobida "Inter"ni taslim etdi.

Pley-offning javob o‘yinlari 24-25-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning umumiy guruh bosqichida kuchli sakkizlikdan o‘rin olgan – «Arsenal», «Bavariya», «Liverpul», «Tottenhem», «Barselona», «Chelsi», «Sporting» hamda «Manchester Siti» jamoalari pley-off ishtirokchilari orasidan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib bo‘lgan jamoalarga qarshi chorak final ostonasida to‘qnash keladi.

Darvoqe, Yevropa chempionlar ligasi finali 2026-yil 30-may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi «Pushkash Arena» stadionida o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA