Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeCHL: "Bavariya", "Liverpul" va "Barselona" navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi
11:11 / 2025-12-10

Tunda futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan 9 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turning ilk bahsida “Qayrat” o‘z maydonida “Olimpiakos”ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdagi yagona gol 73-daqiqada Jelson Martinsh tomonidan kiritildi.

Shuningdek, Vinsent Kompani boshchiligidagi “Bavariya” o‘z maydonida Portugaliyaning “Sporting” klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Qiziq jihati, uchrashuvdagi to‘rtta golning barchasi myunxenliklar tomonidan kiritildi. Xususan, 54-daqiqada Kimmix o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ortidan 64-daqiqada jamoadoshi Serj Gnabri hisobni tenglashtirdi. 69-daqiqada Karl va 77-daqiqada Jonatan Ta tomonidan kiritilgan gollar esa “Bavariya”ga ishonchli g‘alaba keltirdi.

Turning markaziy o‘yinida “Liverpul” “Inter” ustidan 0:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning yagona goli 88-daqiqada Dominik Soboslai tomonidan kiritildi.

“Chelsi” safarda “Atalanta”ga 1:2 hisobida yutqazdi. “Atletiko Madrid” esa Eyndxovenda “PSV”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Xans-Diter Flik boshqaruvidagi “Barselona” o‘z maydonida Germaniyaning “Ayntraxt” jamoasiga qarshi bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda Lamin Yamal bir golli uzatma muallifi bo‘ldi va shundan so‘ng 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida Chempionlar ligasida 7 ta gol va 7 ta assist qayd etgan yagona futbolchiga aylandi. Shu bilan birga, yosh iste’dod egasi Kilian Mbappening ushbu yo‘nalishdagi rekordini ham yangiladi.

Kechagi bahslarda shuningdek, quyidagi hisoblar qayd etildi:

“Monako” — “Galatasaroy” 1:0,

“Tottenxem” — “Slaviya Praga” 3:0,

“Yunion Sent-Jilluaz” — “Marsel” 2:3.

Bugun, 10 dekabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turidan o‘rin olgan quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi:

22:45 — “Vilyarreal” – “Kopengagen”

22:45 — “Qarabog‘” – “Ayaks”

01:00 — “Atletik Bilbao” – PSJ

01:00 — “Bayer” – “Nyukasl”

01:00 — “Benfika” – “Napoli”

01:00 — “Borussiya Dortmund” – “Budyo Glimt”

01:00 — “Bryugge” – “Arsenal”

01:00 — “Real Madrid” – “Manchester Siti”

01:00 — “Yuventus” – “Pafos”

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA