Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-tur uchrashuvlari ham o‘z nihoyasiga yetdi.
Ushbu turda "Bryugge" o‘z uyida "Barselona" bilan 3:3 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, "Qorabog‘" va "Chelsi" jamoalari bahsi 2:2 hisobida yakunlandi. "Manchester Siti" jamoasi esa "Borussiya Dortmund" klubini qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Afsuski, ushbu o‘yinda hamyurtimiz Abduqodir Husanov zaxirada qoldi.

Shuningdek, 4-turda "Pafos" – "Vilyarreal" 1:0, "Inter" – "Qayrat" 2:1, "Benfika" – "Bayer" 0:1, "Nyukasl" – "Atletik" 2:0, "Ayaks" – "Galatasaroy" 0:3, "Marsel" – "Atalanta" 0:1 hisoblari qayd etildi.

Shu tariqa, 4-turdan so‘ng umumiy turnir jadvalida "Bavariya", "Arsenal" va "Inter" klublari 12 ochko jamg‘argan holda kuchli uchlikdan o‘rin olgan bo‘lsa, "Manchester Siti" 10 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
"PSJ" , "Nyukasl", "Real Madrid", "Liverpul" va "Galatasaroy" jamoalari 3 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat evaziga ochkolarini 9 taga yetkazib oldi va 5-9 o‘rinlardan joy oldi. "Tottenxem" esa 8 ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda.
Hisobida 7 ochko bo‘lgan "Barselona", "Chelsi", "Sporting", "Borussiya Dortmund", "Qorabog‘", "Atalanta" jadvalning 11-16 o‘rinlariga taqsimlandi. "Atletiko Madrid" 6 ochkoga ega bo‘lib, 17-o‘rin egasiga aylandi. "PSV", "Monako", "Pafos" va "Bayer" esa bir xil 5 ochko jamg‘arib, 18-21-pog‘onalariga joylashgan.

YeCHL uchrashuvlarini biroz muvaffaqiyatsiz o‘tkazayotgan "Bryugge", "Ayntraxt Frankfurt", "Napoli" 4, "Marsel", "Yuventus", "Atletik" va "Yunion" klublari 3 ochko bilan 22-28-o‘rinlardan joy olgan. O‘tgan tur davomida ikki bor durang va mag‘lubiyatga uchragan "Budyo-Glimt", "Slaviya Praga" va "Olimpiakos" 2 ochko bilan 29-30, hisobida bor-yo‘g‘i 1 ochko bo‘lgan "Vilyarreal", "Kopengagen" hamda "Qayrat" 31-34 pog‘onalarda qayd etilgan bo‘lsa, "Benfika" va "Ayaks" ochkosiz qolgan holda eng quyi o‘rinlarga joylashgan.

Yevropa chempionlar ligasining umumiy bosqich 5-tur o‘yinlari 25-26 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda quyidagi bahslarga guvoh bo‘lamiz:
25 noyabr:
"Galatasaroy" — "Yunion", "Ayaks" — "Benfika", "Chelsi" — "Barselona", "Napoli" — "Qarabog‘", "Slaviya Praga" — "Atletik", "Marsel" — "Nyukasl", "Manchester Siti" — "Bayer", "Budyo-Glimt" — "Yuventus", "Borussiya D" — "Vilyarreal".
26 noyabr:
"Kopengagen" — "Qayrat", "Pafos" — "Monako", "Olimpiakos" — "Real Madrid", "Liverpul" — "PSV", "PSJ" — "Tottenxem", "Atletiko Madrid" — "Inter", "Ayntraxt Frankfurt" — "Atalanta", "Sporting" — "Bryugge", "Arsenal" — "Bavariya".
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA