Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvlari o‘tkazildi va 1/8 finalga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi aniqlandi.
Mazkur bosqichning ikkinchi kungi javob o‘yinlarida "Real Madrid" o‘z maydonida "Benfika"ni qabul qilib, 2:1 hisobida taslim etdi. Shu tariqa, “Qirollik klubi” umumiy 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan o‘z tarixida ketma-ket 29-mavsum YeCHL 1/8 finaliga yo‘llanma oldi.
"PSJ” o‘z maydonida "Monako" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi va ikki o‘yin yakuniga ko‘ra, 5:4 hisobidagi muvaffaqiyatga erishib, nimchorak finalda o‘ynaydigan bo‘ldi. "Yuventus" esa "Galatasaroy" jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa-da, ushbu bosqichdan o‘ta olmadi. Bunga sabab, bir hafta oldin turinliklar safarda 5:2 hisobida yengilgan edi.

"Atalanta" va "Borussiya D” klublari bahsi 4:1 hisobida yakunlandi va "Atalanta" umumiy 4:3 hisobidagi g‘alaba bilan 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Nimchorak finalning ehtimoliy juftliklari bilan tanishing (qur’aga qadar bo‘lgan holat):
- PSJ — "Barselona"/"Chelsi";
- "Galatasaroy" — "Liverpul"/"Tottenxem";
- "Real Madrid" — "Sporting"/"Manchester Siti";
- "Atalanta" — "Arsenal"/"Bavariya";
- "Nyukasl Yunayted" — "Barselona"/"Chelsi";
- "Atletiko Madrid" — "Liverpul"/"Tottenxem";
- "Budyo-Glimt" — "Sporting"/"Manchester Siti";
- "Bayer" — "Arsenal"/"Bavariya".
Ma’lumot uchun, 1/8 final o‘yinlarining qur’a tashlash marosimi 27-fevral kuni mamlakatimiz vaqti bilan soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumdagi 1/8 final o‘yinlari 10-11 va 17-18-mart kunlari o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA