Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 3-turi doirasida kecha 9 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur turni boshlab bergan “Barselona” va “Olimpiakos” uchrashuvida 6:1 hisobi qayd etildi. O‘yinda Fermin Lopes xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Markus Reshford dublga erishdi. Lamin Yamal esa penaltidan gol urdi. Mehmonlarning yagona goli esa El-Kaabi tomonidan kiritildi.
Darvoqe, Lamin Yamal ushbu bellashuv orqali Chempionlar ligasida 25 ta o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Ispaniyalik hujumchi shu tariqa “PSJ” yarim himoyachisi Zair-Emerining (19 yosh va 32 kun) rekordini yangiladi.

“Qayrat” – “Pafos” uchrashuvida hisob ochilmadi. “Yunion” esa o‘z maydonida “Inter” jamoasiga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “PSV” va “Napoli” uchrashuvida 6:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, “Bayer” o‘z maydonida “PSJ”ga 2:7 hisobida taslim bo‘ldi. “Arsenal” esa “Atletiko Madrid”ni 4:0 hisobida yengdi. Shuningdek, “Kopengagen” — “Borussiya D” 2:4, “Vilyarreal” — “Manchester Siti” 0:2, “Nyukasl” — “Benfika” 3:0 hisoblari qayd etildi.

Bugun, 22 oktyabr kuni soat 21:45 da “Galatasaray” – “Bude-Glimt”, “Atletik” – “Qorabog‘”, soat 23:59 da esa “Bavariya” – “Bryugge”, “Chelsi” – “Ayaks”, “Real Madrid” – “Yuventus”, “Ayntraxt Frankfurt” – “Liverpul”, “Atalanta” – “Slaviya Praga”, “Sporting Lissabon” – “Marsel” va “Monako” – “Tottenhem” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA