Chempionlar ligasi 1-tur uchrashuvlari doirasida chorshanba oqshomidagi o‘yinlar yakunlandi. Dastlab "Olimpiakos" — "Pafos", "Slaviya" — "Budyo-Glimt" o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Olimpiakos 0:0 Pafos
Bu yil bir asrlik to‘yini nishonlayotgan Yunonistonning eng nomdor jamoasi "Olimpiakos" o‘z uyida kamtar "Pafos" jamoasi ustidan g‘alaba qozona olmadi. Nursiz durang. Bu natija shundoq ham pley-off bahslariga chiqish imkoniyati past baholanayotgan "Olimpiakos" deyarli nolga tushirdi. Oldinda kuchli raqiblar kutib turibdi
Slaviya 2:0 Budyo-Glimt
Praga shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Aziz Ibragimov sobiq jamoasi muommasiz g‘alaba qozonishi kutilgan edi. Aslida ham o‘yin chexlar uchun yaxshi boshlandi. "Slaviya" hujumchisi Yusuf Mbojining 23 chi daqiqada hisobni ochdi. Keyin 74 chi daqiqadan dubl qayd etib hisobni 2:0ga yetkazdi. Muammolar shundan keyin boshlandi. Norvegiya jamoasi 78 chi daqiqada Daniel Bassi goli evaziga hisobni qisqartirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqada Sondre Fetning goli evaziga durangga erishdi.

Bavariya – Chelsi 3:1
Myunxenliklar jahon chempionlari "Chelsi" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. O‘yinning 20 chi daqiqasida londonliklar himoyachisi Chaloba o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi. 27 chi daqiqada Harri Keyn penaltini aniq amalga oshirib hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Koul Palmer hisobni qisqartirdi. Ikkinchi taymning 63 chi daqiqasida Harri ushbu o‘yinda dubl qayd etib, Jahon Chempionlari uchun ushbu o‘yinda "non" yo‘qligini isbotlab berdi.

Liverpul 3:2 Atletiko
"Liverpul" ushbu mavsumda 5 o‘yin o‘tkazib, 5 g‘alaba g‘alabaga erishdi. 3 o‘yinda g‘alabani 90+ urilgan gollar hisobida qo‘lga kiritdi. 2 o‘yinda 80+ urilgan gol evaziga. 3 o‘yinda "Liverpul" 2:0 hisobidagi ustunlikni qo‘ldan chiqarib, lekin yakunda baribir vaziyatni to‘g‘riladi. Jumladan kechagi "Atletiko"ga qarshi o‘yinda. Robertson va Muhammad Salohning 4 chi va 6 chi daqiqalarda kiritgan golidan keyin APL chempionlarini ushbu o‘yinda ortiqcha bosimsiz g‘alabaga erishadi deb taxmin qilish mumkin edi. Ammo bunday bo‘lmadi. Simeone shogirdlari 45 chi va 81 chi daqiqalarda Lorentening gollari evaziga o‘yinda burilish yasadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek Arne Slot shogirdlari o‘yinning oxirida baribir g‘alabani ilib ketmoqda. Virjil van Deyk 90+2 da gol kiritib, "Liverpul"ga YeCHL 1-tur o‘yinida 3 ochko keltirdi. Mag‘lubiyatni qabul qila olmagan Madridliklar murabbiyi Siyeone qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

PSJ — Atalanta 4:0
YeCHLning amaldagi chempioni PSJ "Atalanta" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Markinos, Kvaratsxeliya, Mendesh va Ramushlar o‘z hisoblariga gol yozib qo‘ydi. Barkolya 44 chi daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Ikki o‘yindirki Luis Enrike o‘z jamoasi o‘yinini media tribunada ko‘rishni boshlayapti. Keyin pastga tushyapti. Dastlab bu jarohati bilan bog‘liq ehtiyot chorasi deb hisoblanayotgandi. O‘zi esa boshqa sport turida shunday yondashuvni ko‘rganini aytdi. Media tribuna odatda yuqoriroqda bo‘ladi va u yerda o‘yin kaftdek ko‘rinadi.

Ayaks 0:2 Inter
Milanliklar ichki chempionatda "Yuventus"dan olingan alamli mag‘biyat so‘ng ushbu o‘yinda yutqazishi mumkin emasdi. Tyuramning 42, 47 chi daqiqalarda kiritgan gollari evaziga Amsterdamdan 3 ochko bilan qaytishadigan bo‘lishdi.
Bugun ham YeCHL 1-tur o‘yinlari davom etadi. O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun muhim o‘yin, Abduqodir Husanov jamoasi "Manchester Siti" o‘z uyida Italiya chempioni "Napoli"ni qabul qiladi. Olmaota shahrining "Qayrat" jamoasi YeCHL guruh bosqichidagi ilk o‘yinini Portugaliyada "Sporting"ga qarshi o‘tkazadi. Undan tashqari "Bryugge" — "Monako", "Kopenhagen" — "Bayer", "Nyukasl" — "Barselona", "Ayntraxt" — "Galatasaroy" o‘yinlari ham bor.
Jamoliddin Bobojonov, O‘zA