“YD” mobil ilova imkoniyati targ‘ib qilinmoqda (+video)
Bojxona xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelayotgan va uchib ketayotgan yo‘lovchi fuqarolarga Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali to‘ldirish imkoniyati yaratilganligi va undan foydalanish tartibi haqida tushuntirishlar berilmoqda.
“Yo‘lovchi-deklaratsiyasi” nomli mobil ilovani post hududidagi QR-kod orqali yoki Google Play / App Store orqali yuklab olish mumkinligi tushuntirilmoqda. Shuningdek, bojxona sohasida qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlari tartibi va huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Fuqarolarga korrupsiya holatlariga guvoh bo‘lish paytida yoki bojxona xodimining tamagirlik, o‘z mansab vakolatidan moddiy manfaatdorlik maqsadida foydalanish holatlariga duch kelishsa, Bojxona qo‘mitasining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining ishonch telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlari so‘raldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KJT84ng7Dk8" title="“YD” mobil ilova imkoniyati targ‘ib qilinmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri