Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YCHL: Messi ketma-ket ikkinchi marta haftaning eng yaxshi futbolchisi
16:37 / 2018-10-05

UEFA Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi oʻyinchisi eʼlon qilindi.


UEFA Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi oʻyinchisi eʼlon qilindi.

UEFA rasmiy saytidagi ovoz berish jarayoni natijalariga koʻra, “Barselona” sardori Lionel Messi 2-turning eng yaxshi futbolchisi boʻldi. U “Tottenhem”ga qarshi bahsda (4:2) dublga erishgan edi.

Shuningdek, haftaning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun Leodan tashqari “PSJ” hujumchisi Neymar, “Yuventus” forvardi Paulo Dibala va “Roma” vakili Edin Jeko ham kiritilgan edi. Har uchala futbolchi ham ushbu turda het-trik qayd etgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Messi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur oʻyinlaridan keyin ham musobaqada haftaning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan edi.