Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasining kelgusidagi rejalari muhokama qilindi
17:09 / 2023-07-31

“Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida qorako‘lchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash, respublikamizning barcha hududlarida qorako‘lchilik tizimidagi imkoniyatlarni qayta ko‘rib chiqish, investitsion loyihalarni kengaytirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va band bo‘lmagan aholining bandligini ta’minlash, daromad manbaini yaratish masalalari muhokama etildi.  

Shuningdek, yig‘ilishda “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi tomonidan 2023 yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar ko‘rib chiqildi.

Qo‘mita raisi tomonidan sohadagi “o‘sish nuqtalari”ni belgilash, yangi imkoniyatlar ustida ishlash va tarmoqda rivojlanish yo‘nalishini kengaytirish borasida topshiriqlar berildi.

Joriy yil yanvar-iyul holatiga ko‘ra, qorako‘lchilik va kavrakchilik klasterlari tomonidan 10 ta loyiha amalga oshirilgan. Jumladan, bo‘rdoqichilik komplekslarini tashkil qilish, chetdan mol olib kelish hamda madaniy kavrak plantatsiyalarini yaratish kabi investitsion loyihalar amalga oshirildi. 

Sohada qayta ishlash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali 29,8 million AQSH dollari miqdorida qorako‘lchilik va kavrakchilik mahsulotlari eksport qilinishi belgilangan bo‘lib, bugungi kun holatiga ko‘ra, 19,2 million AQSH dollari miqdoridagi qorako‘lchilik va kavrakchilik mahsulotlari eksport qilindi. Yil oxiriga qadar qorako‘lchilik sohasida 106,8 ming nafar aholi bandligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA