Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaxshilik, poklik, shodu xurramlik ayyomi
08:10 / 2023-06-28

Bugun erta tongdan mamlakatimiz jome masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qildi.

Ozod va obod, farovon va taraqqiyot sari yuz tutgan yurtga bayramlar yarashadi. Illo, har bir bayramning o‘zgacha shukuhi, fayzi bo‘ladi. Qurbon hayiti o‘zining tarovati, fazilatlari bilan xalqimiz ko‘nglidan chuqur joy olgan. Shu bois bu bayram asrlar sinovidan bezavol o‘tib, milliy qadriyatlarimizdan biriga aylanib ketgan.  

Qurbon hayiti so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Chunonchi, mana shu ayyom arafasida muhtaram Prezidentimizning alohida qarorlarini qabul qilinib, bayranmi keng nishonlash vaziflari belgilab beriladi.  

[gallery-12537]

Shu yilning 19 iyun kuni “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi”gi Prezident qaroriga ko‘ra, bayramni joylarda milliy an’ana va urf-odatlarimizga mos ravishda o‘tkazish, ayniqsa, aholi o‘rtasida ushbu marosim mohiyatida mujassam bo‘lgan yuksak insoniy fazilatlarni qadrlashdek ezgu g‘oyalarni targ‘ib etishga jiddiy e’tibor qaratilgan.  

Hayit namozida dillarimiz quvonchga to‘lgan mana shunday qutlug‘ damlarda Qurbon hayitiga tinch-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytildi.  

Ayni paytda bu muqaddas bayram mohiyatida mujassam bo‘lgan tinchlik, do‘stlik va hamkorlik, insonparvarlik g‘oyalari bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirayotgan islohotlar, ulkan maqsad va vazifalarga uyg‘un va hamohang.  

Yurtimizdagi har bir mahalla, shahar va qishloqdagi tinchlik va obodlik, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimizning o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda.  

Hayit namoziga yig‘ilgan barcha musulmonlar ushbu qutlug‘ va muqaddas bayram bilan qutlanib, tinch va osuda yurtda yashayotganimiz, xotirjam ibodatlar qilayotganimiz uchun shukronalar aytildi.  

Xususan, Qurbon hayiti bayrami tarixi, muqaddas islom dini buyurgan ibodatlar, O‘zbekistondagi islom dini rivoji, ma’naviy qadriyatlar yuksalishi yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar,  mamlakatdagi bugungi farovon hayotning mazmun-mohiyati haqida ma’ruzalar o‘qildi.  

 

Nurillo Nasriyev,  

O‘zA