Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaxshilik — eng katta kuch
21:21 / 2025-12-03

Andijonda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, kuch tuzilmalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda O‘zbekiston bolalar tashkiloti hududiy bo‘limlari hamkorligida nogironligi bo‘lgan bolalar va maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari hamda maxsus maktab tarbiyalanuvchilari uchun keng ko‘lamli xayriya aksiyasi tashkil etildi.

[gallery-26544]

Tadbir yoshlar o‘rtasida mehr-oqibat, bag‘rikenglik va ijtimoiy birdamlik g‘oyalarini mustahkamlash, nogironligi bo‘lgan bolalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish maqsadiga qaratilgan.  

Aksiya doirasida bolalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur sovg‘alar, o‘yinchoqlar va rivojlantiruvchi o‘quv qo‘llanmalari topshirildi. Shuningdek, ular uchun quvnoq sahna ko‘rinishlari, musiqa va raqslar bilan boyitilgan bayram dasturi namoyish etildi. Harbiy orkestr chiqishlari bolajonlarga vatanparvarlik ruhi va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA