Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaxshilar xotirasi unutilmaydi
11:24 / 2025-10-29

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziy xotirasiga bag‘ishlangan "Hazrati Inson" nomli ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Rahmat Fayziyning "Sen yetim emassan" hamda "Yor-yor" kinofilmlari uchun yaratgan ssenariylari xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lib, o‘zbek tomoshabinlari qalbidan joy olgan.

Tadbirda qayd etilganidek, 1960-70-yillarda Rahmat Fayziy “O‘zbekiston xotin-qizlari” va “Saodat” nomli ayollar jurnallarida o‘zbek ayollari hayoti haqida bir qator maqolalar chop etdi.  

[gallery-25963]

Ularda dono, kuzatuvchan keksa ayol Rostonbuvining adabiy obrazidan foydalanilgan.  

Rostonbuvi obrazi orqali muallif muhim mavzularni ko‘tardi. Jumladan, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlar, mehnat va farzandlar tarbiyasi kabilarni juda chiroyli yoritgan.

“Rahmat Fayziyning adabiy merosi” bloki yozuvchi ijodiy hayotining turli davrlari – dastlabki hikoyalaridan tortib, yetuk romanlarigacha yaratilgan asarlariga bag‘ishlangan. Taqdim etilgan asarlar orasida nemis, slovak, arab, vetnam, qozoq tillariga tarjima qilingan “Hazrati Inson” romanining xorijiy nashrlari alohida e’tiborga loyiq.  

Ko‘rgazmada Rahmat Fayziyning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi.

Shuningdek, ko‘rgazmadan adibning davlatimiz tomonidan orden va mukofotlar, faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanishi jarayonlari, qo‘lyozmalari, ularning nusxalari, asarlarni yaratish jarayoni aks etgan fotosuratlar o‘rin olgan.  

Rahmat Fayziyning hayoti va ijodi haqidagi gazeta hamda jurnallardagi nashrlar ham shular jumlasidan.  

Ta’kidlanganidek, ushbu ko‘rgazma o‘z ijodini ona xalqining mehr-muhabbati, fidokorona mehnati, bolalarga bo‘lgan g‘amxo‘rligini ulug‘lashga bag‘ishlagan Rahmat Fayziyning buyuk iste’dodiga ko‘rsatilgan hurmat va e’tibor namunasi bo‘ldi.  

Gulnoza Boboyeva,  

Asliddin Alijonov (surat),

O‘zA