French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaxshi qonun xalqqa hurmat ifodasidir
17:34 / 2025-11-20

Toshkent davlat transport universitetida Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan «Yaxshi qonun xalqqa hurmat ifodasidir» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Unda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi va fraksiyasi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) instituti mas’ullari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Konferensiyada “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudova so‘zga chiqib, yangilangan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda adolatli jamiyat va fuqaro manfaati ustuvor bo‘lgan siyosiy-huquqiy muhitni shakllantirishda milliy taraqqiyotimizning bosh mezoni ekanligini ta’kidladi. Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi maqomiga alohida to‘xtaldi.  

Shuningdek, Robaxon Mahmudova “Adolat” SDP tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Konstitutsiyaning audiokitob shakli yaratilganini qayd etdi. Ushbu audiokitob to‘plami universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari foydalanishi uchun ta’lim dargohiga taqdim etildi.

Anjuman davomida Konstitutsiyaning jamiyat rivojidagi o‘rni chuqur tahlil qilindi. Partiya fraksiyasi a’zosi Shuhrat Yakubov Asosiy qonunimizning ijro etilishi, bu borada erishilgan natijalar va hali ishga solinmagan imkoniyatlar xususida to‘xtaldi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy sud a’zosi Abdumannob Rahimov qonun ustuvorligini ta’minlashda Konstitutsiyaviy sudning roliga alohida urg‘u berdi.

Tadbirda  Konstitutsiya oyligi doirasida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” intellektual bellashuvi hamda “Konstitutsiya – mening tasavvurimda” kabi ijodiy tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Muhtarama Komilova, O‘zA