Yaxshi niyat bilan ekilgan daraxt ko‘chatlari kun kelib meva beradi
Mamlakatimizning barcha go‘shalarida obodonlashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. An’anaga ko‘ra Navro‘z umumxalq bayrami arafasida O‘zbekistonda yashovchi yoshu qari bir bo‘lib ko‘kalamzorlashtirish ishlariga kirishdi.
Yaxshi niyat bilan ekilgan daraxt ko‘chatlarining soyasi ham, mevasi ham kun kelib insonlarga foyda beradi. Qolaversa, atrof-muhit sofligiga, ekologik vaziyatning yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida ham «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkillashtirildi.
Ko‘plab tashkilotlar, mahallalar, keng jamoatchilik bu savobli ishda jonbozlik ko‘rsatdi.
Atrof chiqindilardan tozalandi. Hududga gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekilib, daraxtlarni oqlash va ularga shakl berish, yo‘laklarni tozalash ishlari bajarildi.
N.Usmonova, O‘zA