English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonligʻ hargiz”
22:16 / 2020-02-14

Tadbirda yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, jamoat arboblari, sanʼatshunoslar, adabiyot ixlosmandlari, harbiy xizmatchilar, talaba-yoshlar, yosh ijodkorlar ishtirok etdi.


Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida oʻzbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi, tarixchi, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 537-yil toʻlishi munosabati bilan “Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonligʻ hargiz” deb nomlangan adabiy-maʼrifiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, jamoat arboblari, sanʼatshunoslar, adabiyot ixlosmandlari, harbiy xizmatchilar, talaba-yoshlar, yosh ijodkorlar ishtirok etdi.

photo5348466759201566022.jpg

– Boburning aqidasi va hayotiy tajribasiga koʻra, har kim qilmishidan topadi: yaxshi odam yomonliq qilishi mumkin emas, yomonga esa umr ham hayf. Xuddi shunday vafo qilgan vafo koʻradi, jafo qilgan jafo. Ruboiylari hikmatli soʻzlar darajasiga koʻtarilgan bobokalonimiz ijodini oʻrganish insonni komillik sari yetaklaydi, – dedi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Rahimboy Jumaniyozov.

Tadbirda adabiyotshunos olim Norqul Bekmirzayevning “Zahiriddin Muhammad Boburning xalqimiz maʼnaviy madaniyati tarixida tutgan oʻrni” mavzuidagi maʼruzasi tinglandi. Teatr aktyorlari tomonidan Bobur hayoti va ijodi asosida sahnalashtirilgan spektakllardan lavhalar namoyish etildi, gʻazallar oʻqildi.