Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaxshi insonlar hech qachon o‘lmaydi
17:23 / 2024-05-08

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Bo‘ston tumanida o‘tkazilgan xotira tadbiri ana shunday nomlandi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi, Bo‘ston tumani hokimligi hamkorligida Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan tadbirda ta’lim sohasida hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatida ko‘p yillar samarali faoliyat olib borgan, andijonliklarning hurmatini qozongan, marhuma Galina Soy xotirasi yodga olindi.    

Viloyat, tuman Kengashlari deputatlari, pedagoglar, mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirning ochilishida so‘z olgan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi raisi Hamidjon Omonov va boshqalar tomonidan mamlakatimizda el-yurt ravnaqi, vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat qilgan, fidoyi yurtdoshlarimiz qadri doimo ulug‘ ekanligi, marhum insonlar xotirasi esa hamisha hurmat-ehtirom bilan yodga olinishi ta’kidlandi.    

Shundan so‘ng marhuma Galina Soy xotirasiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.  

“Do‘stlik”, “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibasi, Bo‘ston tumanidagi  26- ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori vazifasida uzoq yillar faoliyat yuritgan Galina Soy ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, bilimli, yuksak salohiyatli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida ko‘plab ibratli ishlarni amalga oshirgan. Uning rahbarligida maktab-internat jamoasi ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Mazkur maktabning o‘nlab o‘quvchi va o‘qituvchilari fanlar olimpiadalari, turli tanlovlarning viloyat, respublika bosqichlarida g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin olgan.    

Galina Soy nafaqat o‘z kasbining fidoyisi, balki Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatida tumandagi ta’lim muassasalari faoliyatini zamon talabi darajasiga ko‘tarish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash, tuman aholisini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, millatlararo do‘stlikni mustahkamlash borasida ham ibratli faoliyat olib borgan, tashabbuskor, fidoyi insonlardan edi. 

[gallery-17331]   

Tadbirda Galina Soyning hayot yo‘li, kasbiga sadoqati, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida olib borgan ibratli ishlari, deputatlik faoliyati, ta’lim sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi haqida keng ma’lumotlar berildi. Uning porloq xotirasi yodga olindi.    

Tadbir yakunida bir guruh mehnat faxriylariga, partiya faollariga partiya viloyat kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.                                                      

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari