Yaxob suvi to‘plangan maydonda hosil bo‘lgan tabiiy muz maydoni
FOTOREPORTAJ
Ma’lumki, qish chillasida dehqonlar ekin maydonlarida sho‘r yuvish, yaxob suvi berish yumushlarini amalga oshiradi. Sho‘ri yuvilgan va chilla suvi bilan to‘yingan yer turli hasharot va zararkunandalardan tozalanadi, hosildorligi ortadi.
Buxoro tumani dehqon va fermer xo‘jaliklari mirishkorlari ham qishki muhim agrotexnik tadbirlarni kechiktirmay bajarishgan. Yaxob suvi bilan to‘plangan maydon esa qalin muz bilan qoplangan. Oilasi bilan tabiat qo‘yniga tashrif buyurgan bolajonlar muz maydonida uchib, zavq olmoqda.
[gallery-10417]
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA