Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yasmina Husniddinova Belarusda gran-prini qo‘lga kiritdi (+video)
21:43 / 2024-07-13

“Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov Fest tanlovining respublika bosqichida g‘alaba qozongan Yasmina Belarusda o‘tkazilgan XXII “VITEBSK–2024” Xalqaro bolalar musiqa tanlovida gran-prini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari Yasmina tanlovning eng yosh ishtirokchisi sifatida e’tirof etildi.

U avval “Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov Fest tanlovining respublika bosqichida estrada yo‘nalishida 10-15 yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Yasmina bundan tashqari , “Hayot musiqasi” xalqaro ko‘p janrli tanlovida, “Turkiya quyosh uyi” Xalqaro festivalida, “Baxtli elning bolasi” («Bakыttы yeldin urpagi») Xalqaro tanlovida, “Sharq atirguli 2023” Xalqaro ko‘pjanrli festival-tanlovida, “Shark talent” yosh iste’dodlar respublika tanlovida gran-prini, “Jahon yoshlar san’ati” Xalqaro tanlovida, XIV “Qobiliyatli bolalar”marafonida oltin gran-pri, I “Toshkent katta festivali” da super gran-pri sohibasi bo‘lgan.

“Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov Fest haqida birinchi marta eshitganida Yasmina hali 9 yosh bo‘sag‘asida bo‘lgan. Tanlovda ishtirok etish uchun yoshi to‘g‘ri kelmagani bois o‘sha yilda o‘tkazilgan mavsumda qatnasha olmagan.  

Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tanlovda Yasminaning orzusi ushalib, ishtirokchiga aylandi. Tanlovda shunchaki ishtirokchi bo‘libgina qolmasdan uchinchi mavsum g‘oliblari safidan joy oldishga muvaffaq bo‘ldi.

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/uBTxqJ5elNU" title="Yasmina Husniddinova Belarusda gran-prini qoʻlga kiritdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Yasmina XXII “VITEBSK–2024” Xalqaro bolalar musiqa tanlovida eng yosh ishtirokchi sifatida e’tirof etildi. Mukofotni unga  Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko topshirdi.

Biz ham ijodiy jamoamiz nomidan Yasminani tabriklab bundanda yuqori ijodiy parvozlar tilab qolamiz.

M.Turdaliyeva, I.Ismatov (video), O‘zA