Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashnobodlik yoshlar – sportga oshno
12:59 / 2021-08-16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bush vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat stomatologiya institutiga biriktirilgan Yashnobod tumanidagi “Ko‘ksaroy”, “Mashinasozlar”, “Besh ariq”, “Maxmur”, “Aviasozlar”, “Fidoyilar”, “Barkamol”, “Istiqlol”, “Do‘stobod”, “Yashnobod” mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sport bilan keng shug‘ullanishiga ko‘maklashish maqsadida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqa uyushtirildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda O‘zbekiston Nogironlar shashka federatsiyasi bilan hamkorlikda 10-15 yoshli o‘smir-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqa 5 tur bo‘yicha o‘tkazildi.  

Yakuniy natijalariga ko‘ra, Beshariq mahallasidan Asadbek Ashirmatov birinchi, Do‘stobod mahallasidan Baxtiyor Vasiyev ikkinchi, Behruz Avezmurodov uchinchi o‘rinni qo‘lga qiritdi.

Musobaqa g‘oliblariga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.  

 

Mohigul Qosimova, O‘zA