Bugun — 3 iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod va Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub’ektlarida elektr energiyasi soat 12:00 dan 18:00 qadar vaqtincha o‘chirildi.
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida Yashnobod tumanining “Mirishkor” MFYning Ilg‘or shox, Tolariq, Masjid, S.Azimov hamda "Darhon" ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida, Chilonzor tumanining "Afshona", "Ilg‘or", "Cho‘ponota" ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.
N. Ziyodullaeva, O‘zA