Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashnobod tumanidagi 166-sonli maktabning yangi binosi foydalanishga topshirildi
13:43 / 2025-03-18

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Yashnobod mahallasida joylashgan 166-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy va qulay sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu bino 1 ming 200 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, yangilanganidan so‘ng mazkur maktabning umumiy sig‘imi 2 ming 204 nafarga yetdi. Bu esa bolajonlar yanada keng va qulay muhitda ta’lim olishiga sharoit yaratdi.

Tadbirda so‘nggi yillarda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etilayotgani, Prezident maktablari, ijod maktablari jamiyatga kirib kelayotgani, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytirilgani qayd etildi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratilayotgani aytib o‘tildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA