Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi
17:06 / 2025-10-06

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida paxtadan chigit ajratish bilan shug‘ullangan yashirin sex fosh etildi. U maxsus litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan holda ishlab turgani aniqlanib, uskuna faoliyati to‘xtatildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Anorzor” mahallasida yashovchi fuqaro uyining yordamchi xo‘jaligida chig‘iriq uskunasini o‘rnatib, noqonuniy ravishda ish olib borgani ma’lum bo‘ldi.

Tadbir davomida tegishli dalil ashyolar rasmiylashtirilib, materiallar huquqiy baho berish uchun sudgacha tekshiruv organlariga yuborildi. Mutasaddilarning qayd etishicha, bunday qonunbuzarliklar nafaqat iqtisodiyotga zarar yetkazadi, balki mehnat xavfsizligi va sanitariya talablari inobatga olinmagani sababli odamlar salomatligiga ham xavf tug‘dirishi mumkin.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri