Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashirin sex faoliyati fosh etildi
14:50 / 2024-01-26

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin sex faoliyati fosh etildi.

Fuqaro S.S. “Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaroning uyida yashirin sex tashkil qilib, iste’molga yaroqsiz “QARATAW” alkogol mahsulotini ishlab chiqarayotganligi aniqlandi. Tezkor tadbir davomida ushbu xonadondan 912 dona qalbaki aksiz marka, 378 dona tayyor mahsulot, 240 litr alkogol mahsuloti, 172 dona markirovka, 45 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olindi.  

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri.