Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashirin ishlab chiqarish va kontrafakt mahsulotlar muomalasiga chek qo‘yish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
13:52 / 2025-05-26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, raqamli markirovkalangan mahsulotlarning harakat zanjirini to‘liq kuzatib borish orqali yashirin ishlab chiqarish va kontrafakt mahsulotlar muomalasiga chek qo‘yish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan olingan markirovka kodlarini mahsulotlarga qo‘llash uchun belgilangan 90 kalendar kunlik muddat bekor qilinadi. 

2025 yil 1 iyuldan boshlab: 

a) import qiluvchi tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan dori vositalarini ularning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki uning rasmiy dilerlari orqali realizatsiya qilish elektron hisobvaraq-faktura asosida amalga oshiriladi; 

b) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ulgurji sotish faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. 

Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi uzluksiz ishlashi, import qilish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, ulgurji va chakana savdo jarayonlarida mahsulotlarga markirovka kodlari to‘g‘ri qo‘llangani va haqiqiyligi tizimli nazorat qilib boriladi. 

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab: 

a) xavfni tahlil qilish tizimida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq xavfi darajasini yuqori deb baholash uchun asos bo‘ladi; 

b) majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq - fakturani rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

v) majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda: 

markirovka kodi kiritilgandan so‘ng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi; 

avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

2026 yil 1 yanvardan boshlab majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlash bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Bunda: 

a) tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma olish talab etilmaydi; 

b) majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ogohlantirish beriladi; 

v) ikkinchi marta ogohlantirish berilgandan so‘ng qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda tegishli miqdorlarda jarima qo‘llanadi. 

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab farmatsevtika faoliyatini hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash talablariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha shartlar kiritiladi: 

a) yangidan tashkil etilgan sub’ektlarga litsenziya berishda: 

faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘chmas mulk bo‘yicha ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi; 

dori vositalarini realizatsiya qilishda xaridorlardan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha elektron to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilganligi; 

b) soliq tekshiruvlarida kirim hujjatlarisiz (kontrafakt) va (yoki) markirovkalanmagan dori vositalarini sotib olish, tashish, saqlash yoki realizatsiya qilish holatlari aniqlanganda soliq organlari tashabbusiga ko‘ra vakolatli organ tomonidan tegishli sub’ekt litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish.

O‘zA