FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida joylashgan “Megapolis” savdo kompleksida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirish maqsadida muhim tadbirlar amalga oshirildi. Mazkur jarayon Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar bo‘limi, soliq inspeksiyasi, Adliya bo‘limi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi hamda savdo markazi ma’muriyati hamkorligida tashkil etildi.
[gallery-21854]
Savdo kopleksida doimiy ravishda savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar shu joyning o‘zida Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, rasmiy tadbirkorlik maqomiga ega bo‘ldi. Natijada, bugunning o‘zida savdogarlar tadbirkorlik guvohnomasiga ega bo‘lib, o‘z faoliyatini qonuniy asosda davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Ushbu tashabbus shaharda yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish, tadbirkorlik muhitini yanada shaffof va qonuniy asosda rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi. Bundan buyon rasmiy tadbirkorlar davlat tomonidan taqdim etiladigan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishi, o‘z ish faoliyatlarini yanada rivojlantirishi mumkin bo‘ladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA