Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish davom etmoqda
18:43 / 2026-02-17

Toshkent shahridagi “Food City” bozorida tadbirkorlik muhitini yaxshilash va yashirin (soya) iqtisodiyotga qarshi tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Tadbirda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i v.v. J. Mirpo‘latov, shahar prokurori va shahar departamenti mas’ullari ishtirok etdi. Ular tumandagi “Food City” MCHJga qarashli oziq-ovqat bozorida meva-sabzavot savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga o‘z faoliyatlarini qonun va shaffoflik asosida yuritish, naqd pulsiz hisob-kitoblardan keng foydalanish hamda soliq qarzdorligini bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, bozor hududida tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, hududni obodonlashtirish ishlari, texnika xavfsizligi me’yorlariga rioya qilish, bozorni raqamlashtirish, byudjet daromadlari ijrosi hamda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Mas’ullarning ta’kidlashicha, bu kabi tizimli chora-tadbirlar orqali tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, salohiyatli va qonuniy biznes faoliyatini rag‘batlantirish hamda davlat byudjetini ta’minlash maqsad qilingan.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan bu kabi ishlar doimiy va samarali ravishda davom etmoqda.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA