French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashirilgan dori vositalari
18:49 / 2024-02-17

Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan va iste’molga yaroqsiz dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona posti va Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi, DXX Sirdaryo tumani hamda DXX Chegara qo‘shinlari xodimlari hamkorligida Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tish maqsadida kirib kelgan “Kamaz” rusumli yuk avtotransport vositasi inspeksion ko‘rik majmuasidan o‘tkazildi.

Natijada transport vositasi tirkamasining ramasidagi bo‘shliqdan konteyner sifatida foydalangan holda bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan, dastlabki qiymati 97,5 mln. so‘mlik 4 xil turdagi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozir mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Sh. Suyarov, O‘zA muxbiri