Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil yillik”: ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi
13:10 / 2022-02-25

Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan O‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi Cho‘l xududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazida "Yashil yillik" tadbiri doirasida ko‘rgazmali o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Ko‘chat ekish ishlarini tizimli tashkil qilish va har bir hudud iqlim sharoitiga mos ko‘chatlarni tanlashga bag‘ishlangan seminarda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari, mahallalar faollari, yosh ekologlar, nuroniy otaxonlar, O‘zbekiston Ekologik partiya vakillari, ilmiy markaz olimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz tomonidan joriy yil 2 fevral kuni chiqindilar bilan ishlash tizimi va ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 1 martdan “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanishi e’lon qilinib, har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan ko‘chatlarni tanlab ekish va ularni yetishtirish uchun ko‘chatxonalarni ko‘paytirish zarurligi qayd etilgan edi.

Dastlab seminar ishtirokchilari o‘rmon fondi yerlari holatini yaxshilash, qayta tiklash, cho‘l hududlarida samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, yaylovzorlar, pista, bodom plantatsiyalari va ixota o‘rmonzorlarini barpo etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish, o‘rmonzorlarni ko‘paytirishda innovatsion usullarni qo‘llash, cho‘lda o‘rmon yaratish, ko‘chat yetishtirish ishlari bilan tanishdi.

Seminarda hududlarda ko‘chat ekish ishlarini tizimli tashkil etish, har bir hududga mos ko‘chatlarni tanlash va ko‘chat ekish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, daraxt ekish ishlari jarayonlarida tut, qayrag‘och, zarang, tuya kompakt, serin, yasin, go‘zal katalpa, ayland, pavloniya, akatsiya daraxt ko‘chatlarini namuna tarzda ekish ishlari tashkil etildi.

“Yashil yillik” tadbiri doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmali o‘quv-seminar davomida nuroniy otaxonlar ko‘chat ekish ishlarini boshlab berdi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA