Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashil vodoroddan olingan mineral o‘g‘it xavfsiz va samarali (+video)
13:58 / 2023-12-04

O‘zbekistonda 2025 yilda yashil vodoroddan mineral o‘g‘it ishlab chiqarish boshlanadi. Bu har yili qariyb 33 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish imkonini beradi.

“O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda Chirchiq shahrida amalga oshirilayotgan “Yashil vodorodni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi ham mazkur yo‘nalishdagi istiqbolli ishlardan biri hisoblanadi.  Loyiha doirasida  Chirchiq shahridagi ammiak zavodi negizida inshoot quriladi. Qiymati 88 million AQSH dollarini tashkil qiladigan mazkur loyihaning birinchi bosqichi – 2025 yilda 3 ming tonna yashil vodorod va quvvati 52 MVt shamol trubinasi ishga tushiriladi. Ikkinchi bosqichda 500 ming tonna yashil ammiak va 2,4 GVt shamol trubinalari ish boshlaydi.  

Ushbu loyiha orqali dunyoda birinchilardan bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish,  yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni dunyo bozorlariga yo‘naltirishga erishiladi. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, mazkur loyiha mamlakatimizda “yashil energetika” ni rivojlantirish va iqtisodiyotga energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, u neft yoki tabiiy gaz kabi qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni kamaytiradi, mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi. Qolaversa, yashil vodoroddan mineral o‘g‘it ishlab chiqarish tabiiy resurslar kamayishining oldini olish, qishloq xo‘jaligining atrof-muhitga salbiy ta’sirini qisqartirishga xizmat qiladi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vT9Df9LDVMo" title="Yashil vodoroddan mineral o‘g‘it ishlab chiqariladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov,

Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA