English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashil taraqqiyotga tabiatsevar xalqimiz bilan!
11:10 / 2023-12-20

Mamlakatimizda ekologik muammolarni hal etish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida ilg‘or xalqaro talablarga javob beradigan fundamental normativ-huquqiy baza shakllantirildi.

Ekologik holatni yaxshilash va yuzaga kelgan muammolarni yaxlit holda hal etishda jamiyatning barcha kuchlarini, sa’y-harakatlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan keng miqyosdagi ishlarni olib borishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur partiya tashkil etilganiga 5 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan joylarda partiya tashkilotlari tomonidan bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Ularda bugungi kunda ekologik masalalarning ustuvorligi, sohada partiya tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tgan davrdagi orttirilgan tajribalar xususida keng ma’lumotlar berilmoqda.  

Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tadbir ham O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkil topganining 5 yilligiga bag‘ishlandi. “Yashil taraqqiyotga tabiatsevar xalqimiz bilan” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda 5 yil davomida partiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.  

Qayd etilganidek, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, o‘simlik va hayvonot dunyosini, suvni asrash bugunning eng dolzarb masalasidir.  

Shuningdek, tadbirda o‘tgan davr mobaynida partiyaning dasturiy vazifalari, maqsad va g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib qilish hamda hayotga tatbiq etish borasida amalga oshirilgan ishlar, loyihalar haqida ham ma’lumot berildi.  

 

M.Komilova,  

O‘zA