Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashil taraqqiyot sari zamonaviy yechimlar
10:16 / 2025-11-28

Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyati Kengashi hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti hamkorligida “Yoshlar tashabbuslari: Yashil taraqqiyot uchun zamonaviy yechimlar” mavzusida ekotanlov  o‘tkazildi.

Tanlov doirasida talabalarning nafaqat ekologiya bo‘yicha bilimlari, balki muammoni yechishdagi innovatsion yondashuvlari ham sinovdan o‘tkazildi. 

Tadbir jarayonidagi ochiq muloqotlarda shshtirokchilar chiqindilarni qayta ishlash, urbanizatsiya davrida yashil hududlarni kengaytirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha amaliy takliflar berdi. Jumladan, ularning ekologik ta’limni maktablardan boshlab chuqurlashtirish, muntazam ekologik aksiyalarni yo‘lga qo‘yish, shahar va tumanlar bo‘yicha “yashil hududlar xaritasi”ni yaratish kabi tashabbuslari alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Tadbir yakunida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi nominatsiyalarda tashabbuskor va ijodkor yoshlar aniqlanib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ekotanlov yakunidan so‘ng ishtirokchilar “Navoiyazot” AJ ga sayohat qildi. Ular ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy ekologik xavfsizlik standartlarining qo‘llanilish jarayonlari bilan tanishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi. 

Bugungi kunda korxona hududiga 28 ta zamonaviy atmosfera monitoringi stansiyalari o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu stansiyalar havodagi zararli moddalar darajasini real vaqt rejimida o‘lchab boradi. Ma’lumotlar doimiy tahlil qilinib, ishlab chiqarish jarayonida ekologik xavfsizlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 

Tadbir yakunida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida“Navoiyazot” AJ hududiga tutash maydonda ko‘chat ekildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri