Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil qo‘llar” – yashillikni asrash sari
15:48 / 2023-05-26

Ekologik barqarorlik, tabiat yashilligi, toza va musaffo havo inson salomatligiga ta’sir qiluvchi muhim omillardandir. Ammo keyingi paytlarda butun Yer yuzida havoning ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi keskin tus olmoqda, tabiatga, suv havzalariga chiqindilarni tashlab yuborish kabi noxush holatlar ortib borayotir.

Ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof muhitni yaratish hamda tabiiy resurslarni saqlashga ko‘maklashishni maqsad qilgan O‘zbekiston Ekologik partiyasi tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirib keladi. 

Partiyaning “Yoshlar va ayollar bilan ishlash” bo‘limi tashabbusi bilan “Yashil qo‘llar” loyihasiga start berilib, uning ilk tadbiri tashkil etildi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad atrof-muhitni ozoda saqlash, yoshlarning ekologik madaniyatni yuksaltirish, ularda ona tabiatga bo‘lgan ijobiy munosabatni oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Shu maqsadda poytaxtimizdagi Botanika bog‘ida yoshlar ishtirokida bog‘ hududini turli chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirildi.  

Tadbirda Yoshlar parlamenti a’zolari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining “EcoUnion” jamoasi, Yashnobod tumanidagi 152-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi. Ishtirokchi yoshlarga ona tabiatni asrash, atrof-muhit tozaligini saqlash borasida tushunchalar berildi.  

 

M.Komilova, O‘zA