Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil moliya” loyihalarini amalga oshirish iqtisodiy o‘sish uchun muhim
12:04 / 2025-08-15

Yurtimizda iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengaymoqda. Shu jarayonda “yashil moliya” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va tashabbuslar mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlariga ham xizmat qilayotir.

Iqtisodiyot va moliya vazirligida Global Green Growth Institute (GGGI) vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda shu haqda fikr almashildi.

Muloqotda tomonlar GGGI hamkorligida amalga oshirilayotgan “yashil moliya” loyihalarining bugungi holati, erishilgan natijalar va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, qo‘shma tashabbuslar doirasida yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari, samarali hamkorlikni davom ettirish hamda O‘zbekistonda barqaror rivojlanish va “yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Ta’kidlanganidek, GGGI - 2012 yilda BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan xalqaro tashkilot maqomiga ega bo‘lgan va bosh ofisi Seul shahrida joylashgan xalqaro hamkorlik instituti hisoblanadi. Bugungi kunda u 40 dan ortiq a’zo davlat va hamkor mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Tashkilotning asosiy maqsadi esa a’zo davlatlarda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, barqaror o‘sish va kam uglerodli iqtisodiy modelni qo‘llab-quvvatlashdir. 

Tomonlarning qayd etishicha, ushbu uchrashuv O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyot va barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadamdir. “Yashil moliya” loyihalarini amalga oshirish va yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki ekologik barqarorlikka ham xizmat qiladi. Bu esa mamlakatning xalqaro maydondagi ekologik imijini mustahkamlab, kelgusida qulay investitsiya muhitini shakllantirishga zamin yaratadi.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA