Yashil maydonda to‘p surayotgan talaba qizlar
Mamlakatimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ayniqsa, qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ayollar futbolini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ayniqsa, qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ayollar futbolini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Buni Termiz davlat universitetining “Terdu Surxon” ayollar futbol jamoasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Murabbiy Jo‘raqul Umbarov boshchiligidagi jamoada 14 nafar qiz futbol bilan muntazam shug‘ullanmoqda. 2007-yilda oliy ligaga yo‘llanma olgan sportchi qizlar jamoasi qator musobaqalarda muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda.