Navoiy viloyati IIB xodimlari o‘rtasida “Ma’naviyat oyligi” doirasida mini futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
So‘nggi yillarda tizim xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur musobaqa ham ana shu maqsadda tashkil etilganligi bilan ahamiyatlidir. Musobaqada boshqarmaning barcha tarkibiy tuzilma va hududiy bo‘linmalaridan jami 22 ta jamoa ishtirok etdi. Murosasiz kechgan bahslarda Navoiy kon metalurgiya kombinati Ichki ishlar bo‘limi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, Ikkinchi o‘rin viloyat IIBning MvaFRB, HPB hamda Tergov boshqarmasidan iborat terma jamoasiga nasib etdi. Viloyat IIB JXX JTSB PPXB jamoasi uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
G‘olib va sovrindor jamoalar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining kubogi, “Diplom” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
A.BO‘RIEV, O‘zA