English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil maydon malikalari” musobaqasining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi
18:52 / 2017-09-13

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Futbol federatsiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning mintaqaviy bosqichida Toshkent shahri, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlaridan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlardan iborat havaskor futbol jamoalari ishtirok etdi.

Gulistonda futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yashil maydon malikalari” musobaqasining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Futbol federatsiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning mintaqaviy bosqichida Toshkent shahri, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlaridan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlardan iborat havaskor futbol jamoalari ishtirok etdi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.O‘rolova va boshqalar mamlakatimizda sport, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar sportini rivojlantirish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Musobaqada Toshkent viloyati ayollar futbol jamoasi g‘olib chiqdi va Namangan shahrida o‘tkaziladigan mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.