Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Yashil maktabim” tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mehnatsevarlik, ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, jamoa bo‘lib ishlash, ta’lim muassasalarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish orqali o‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Mazkur loyihada o‘quvchilar orasidan “Eko lider”lar saylanib, ular tomonidan sinfxonalari, maktab hovlisi, kirish qismi noodatiy holda xona gullari va landshaftlar bilan bezatiladi va gullar ta’lim muassasalarining faol o‘quvchilari tomonidan doimiy parvarish qilib boriladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin Navoiy shahridagi 3-umumta’lim maktabi, 2-o‘rin Uchquduq tumanidagi 20-umumta’lim maktabi va 3-o‘rin Karmana tumanidagi 27-umumta’lim maktabi hamda Qiziltepa tumanidagi 13-umumta’lim maktablari jamoalariga nasib etdi.
A.Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri