Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Buxoroda ham keng ko‘lamli xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligida rahbariyat va barcha fakultetlardan pedagogik-xodimlar daraxt ko‘chatlari ekib, bog‘ barpo etishga o‘z hissasini qo‘shdi.

Erta tongdan universitet atrofi obodonlashtirildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘quv muassasasida go‘zal bog‘-rog‘lar barpo etish maqsadida manzarali va mevali daraxtlar ekildi.
Universitet olimlarining ta’kidlashicha, bir gektar maydondagi bog‘ bir kecha-kunduzda 220-275 kilogrammgacha karbonat angidrid gazini yutib, 180-215 kilogramm kislorod ajratadi. Bu miqdor o‘rtacha 500 kishini kun davomida kislorod bilan ta’minlash uchun yetarli. Boshqacha aytganda, to‘rtta daraxt bir kishining kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.

Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA