2021-yil 2-fevral kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida, har yili 200 mln tupdan jami 1 milliard tup ko‘chat ekish, yirik shaharlarimizdagi yashil maydonlar hajmini 30 foizga yetkazish belgilangan.O‘tgan davr mobaynida yashillik dunyosiga munosabat turlicha bo‘ldi. Kimdir bog‘ yaratdi, yana kimdir gektarlab bo‘sh turgan yerlarni o‘zlashtirib nihol qadadi. Hududlar obod bo‘ldi, massivlar atroflari yashillikka burkandi, yashil belbog‘lar hosil qilindi. Biroq, mutasaddilar tomonidan shoshma-shosharlik bilan, ishni to‘g‘ri tashkil qilinmagan hududlarda minglab ko‘chatlar boy berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat o‘tqazilishi, lekin daraxt ko‘chatlari ekiladigan joylar shu paytgacha belgilanmagani, sug‘orish tizimlari va ko‘chatga pul ajratilmagani tanqid qilindi. Yig‘ilishdan so‘ng hududlarda ishlar ko‘lami ham, sifati ham oshdi. Dala madaniyati xattoki chekka qishloqlarda ham bo‘y ko‘rsata boshladi. Masalan, Toshkent viloyati respublikamizning katta hududlaridan biri bo‘lib, yerlari unumdor, aholisi mehnatkash. Bugungi kunda hududda ishchi guruh tashkil etilib, joylarda bo‘sh turgan yerlarni aniqlash ishlari davom etmoqda. Jumladan, Piskent tumanidagi o‘rganishlar natijasida “Mingtepa” MFY hududidan 4.5 gektardan ziyod bo‘sh turgan maydon aniqlandi. Aytish kerakki, suv keltirish muammo bo‘lgani uchun ushbu unumdor yerlar uzoq vaqt o‘zlashtirilmagan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TtM0BsIx8NQ" title="“Yashil makon”da nima oʻzgardi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>- Yong‘oq va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, ushbu maydonda “Yashil makon maydonchasi” tashkil etiladi, - deydi Toshkent viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari Begzod To‘ychiyev. – Ushbu ishlar viloyatimizning barcha mahallalarida davom etmoqda. O‘zlashttirilmagan yer maydonlari aniqlanib, shu maydonlarda yurtboshimizning 29-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Toshkent viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tashabbusi bilan mazkur hududga javobgar shaxs va unga oylik ish haqi belgilandi. 80 metr chuqurlikdan suv chiqarib berilmoqda. Yer maydoni haydalib, 3 ming tup yong‘oq, 5 ming tup terak ko‘chatlari o‘tqazishga tayyorlab berilmoqda. Ko‘chat oralariga esa poliz, sabzavot mahsulotlari ekish mumkinligi tushuntirildi. Bu esa 2.5 million so‘m oylikka yana qo‘shimcha daromad deganidir. Masalan, 4 gektar yerdan 200 tonnadan ziyod pomidor olish mumkinligi agronomlar tomonidan tushuntirildi. Xullas, chekka hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilishi barobarida, yana bir ijtimoiy muammo, ishsizlik qatlamini kamaytirishga ham erishilmoqda.
Sanjar Toshpo‘latov, Muslim Yusupov, Abror Sodiqov (video), O‘zA